16:20 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon

Emomali Rahmon Bojxona va Milliy bank rahbariyatini jazoladi

© Press-slujba prezidenta Tadjikistana.
Dunyoda
Havola olish
295 0 0

Tojikiston prezidenti Bojxona xizmati va Milliy bank rahbariyatiga hayfsan intizomiy jazosini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Kuni kecha Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bojxona xizmati va milliy bank rahbariyatiga hayfsan jazosini eʼlon qildi.

“Davlat xizmati toʻgʻrisidagi qonun talablariga muvofiq oʻz xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmagani uchun bojxona xizmati boshligʻi Karimzoda Xurshedga, bojxona xizmati boshligʻi birinchi oʻrinbosari Tursunzoda Azimga, bojxona xizmati boshligʻi oʻrinbosarlari Xurmatzoda Izzatulloga va Sheralizoda Xurshedga hayfsan eʼlon qilinsin”, - deyilgan prezident farmoyishida.

Bundan tashqari, prezident Milliy bank rahbari Jamshid Nurmaxmadzoda va uning oʻrinbosarlari Nuraliyev Jamoliddin, Mashrabzoda Xamidullo Maxmadullo va Lola Salimovaga hayfsan intizomiy jazosini berdi.

Oʻtgan haftada Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazgandi.

Yigʻilishda Rahmon bojxona xizmati xodimini soʻroq qilib, uning yolgʻonchi ekanligini fosh qildi va ishdan boʻshatdi.

Tojikiston prezidenti ushbu idoralarda xizmat qiluvchi xodimlar orasida korruptsiya holatlari koʻpayganini koʻrsatib oʻtdi.

Mazkur yoʻnalishda tartib oʻrnatish yuzasidan mamlakat bosh vaziri Koxir Rusulzodaga topshiriq berildi.

Rahmon bu tizimlarni “elakdan oʻtkazish” kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Amaldorlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzish taklif qilindi. Komissiya xodimlarning daromad deklaratsiyalariga eʼtibor qaratadi.

Tojikiston prezidenti soʻzlariga koʻra, Korruptsiyaga qarshi idora, Moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Bojxona xizmati xodimlari oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulklarni yashirmoqda.

Asosiy mavzular