20:41 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Mujchina derjit papku v ruke

Deputatning 26 yoshli oʻgʻli shahar hokimi etib tayinlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Dunyoda
Havola olish
926 0 0

Saylovda 31 nafar deputat ishtirok etgan. Ulardan 22 nafari yosh hokim nomzodini yoqlab ovoz bergan.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Qirgʻizistonning Baliqchi shahar hokimi lavozimiga 26 yoshli Marat Kudaybergenov tayinlandi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar berdi.

Prestupnik za reshetkoy
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov

Qayd etilishicha, yangi hokimni saylash deputatlarning shahar keneshining sessiyada boʻlib oʻtgan. Marat Kudaybergenovdan tashqari hokimlik lavozimiga “Qirgʻiziston” fraktsiyasidan Mirbek Shakirov ham kurash olib borgan

Saylovda 31 nafar deputat ishtirok etgan. Ulardan 22 nafari Kudaybergenov nomzodini yoqlab ovoz bergan, qolgan 9 nafari esa Shakirov nomzodini qoʻllab-quvvatlashgan.

Mahalliy qirgʻiz OAV xabariga koʻra, yangi saylangan hokim - Tokmok shahar keneshi deputatining oʻgʻli.

Xabarda Marat Kudaybergenov Jogorku Kenesha deputatlaridan birining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgani ham qayd etilgan.

Marat Kudaybergenov 1993 yil Qirgʻizistonning Baliqchi shahrida tavallud topgan. Qirgʻiziston Milliy universitetini “moliya va qarz” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Oilali.

Asosiy mavzular