20:46 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Jiteli Pandjsherskogo uщelya

YEI Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikka Markaziy Osiyo davlatlarni jalb qiladi

© Aleksandr Xrolenko
Dunyoda
Havola olish
141 0 0

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo respublikalari bilan Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikni rivojlantiradi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Yevrokomissiya Markaziy Osiyo hududiga qaratilgan yangi strategiyasini eʼlon qildi. Unda YEI MOning besh davlati bilan Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikni rivojlantiradi, deyilgan RIA Novosti xabarida.

Yevropa komissiyasi YEI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan birgalikda eʼlon qilingan strategiyada Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Qozogʻiston bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish rejasi aytib oʻtilgan.

“YEI Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga koʻmaklashish maqsadida Markaziy osiyo davlatlari bilan yanada yaqinroq hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi. Shuning uchun ham Afgʻonistonni YEIning Markaziy Osiyoga hududiga doir dasturlariga  kiritish hamda Afgʻoniston bilan bogʻliq hududiy va uch tomonlama loyihalarni qoʻllab-quvvatlash - maqsadga mufofiq boʻlar edi”, - deyilgan xabarda.  

Hujjatda, shuningdek, YEI kelajakda ham uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, noqonuniy migrantlarni olib kelish, odam savdosi va narkotialar oboroti bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurash uchun hamkorlikni rivojlantiradi.

 

Asosiy mavzular