13:54 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Zenitnыe raketnыe sistemы S-400 Triumf

Iroq ham S-400 sotib olishga qaror qildi

© Sputnik / Mixail Mokrushin
Dunyoda
Havola olish
699 0 0

Turkiyadan soʻng Iroq ham Rossiyadan S-400 tizimlarini sotib olishga qaror qildi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Iroq hukumati S-400 himoya majmuasini sotib olishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti ushbu mamlakatning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Xaydar Mansur Xadiga asosan.

Elchi aytishiga qaraganda, ayni damda ushbu bitimning aniq sanasini belgilovchi “yoʻl xaritasi” tuzilmagan, shuningdek, amerika tomon bilan ham ushbu borada muzokaralar olib borilmagan.

“Amerikaliklar bilan muammolarni hal qilishda diplomatik kanallardan foydalanish rejalashtirilmoqda”, - dedi elchi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Turkiya Rossiya bilan S-400 tizimlarini sotib olish toʻgʻrisida bitim imzolagan edi. Vashington S-400 tizimlarini Turkiyaga yetkazib berishga barcha choralarni ishga solgan holda qarshilik koʻrsatmoqda.

AQSH Turkiyaga qarshi sanktsiyalar kiritish hamda eng yangi F-35 samolyotlarini Turkiyaga sotish jarayonini toʻxtatish bilan poʻpisa qilmoqda. Anqara oʻz navbatida S-400 sotib olishdan voz kechmasligini maʼlum qilmoqda.

Maʼlumot uchun, S-400 "Triumf" — oʻrta va uzoq masofalarga moʻljallangan yangi zenit raketa majmuasi boʻlib. Uni kechayu-kunduz, har qanday lanshdaft va kuchli radioelektron taʼsir sharoitlarida ham qoʻllash mumkin.

Asosiy mavzular