13:57 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Prezident Ukrainы P. Poroshenko

Deputat Poroshenkoni “oʻlik gʻoz” deb atadi

© Sputnik / Mixail Markiv
Dunyoda
Havola olish
520 0 0

Deputatning soʻzlariga koʻra, hozir hamma hokimiyatga yopishib olish holatini kuzatmoqda.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Ukraina Oliy rada deputati prezident Pyotr Poroshenkoni “oʻlik gʻoz”ga qiyosladi.

RIA Novosti xabariga koʻra, “Muxolifat platformasi – hayot uchun” partiyasi deputati Nestor Shufrich Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hokimiyat ga  chirmashib olishga urinib, “oʻlik gʻoz”ga aylanib qolganligini maʼlum qilgan.

Deputatning soʻzlariga koʻra, hozir hamma hokimiyatga yopishib olish holatini kuzatmoqda.

“Lavozim va mukofotlar tarqatilmoqda, strategik qarorlar allaqachon hatto choʻloq oʻrdak ham emas, kechirasiz-u, oʻlik gʻoz tomonidan qabul qilinmoqda. Bu nafaqat bizni, balki kamida 73 foiz Poroshenokoga qarshi ovoz bergan fuqarolarimizning gʻazabini keltirmoqda”, - degan deputat.

Nestora Shufrich fikriga koʻra, Poroshenko va uning maʼmuriyati tezroq hokimiyat tepasidan ketishi kerak.

Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezidentlik saylovlarida gʻolib chiqqanini rasman eʼlon qildi. U saylovning ikkinchi bosqichida 73,22 foiz ovoz toʻpladi. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenko saylovchilarning 24,45 foiz ovozini toʻplab, magʻlubiyatga uchradi.

Qonunga binoan yangi davlat rahbarining inauguratsiyasi 3 iyunga qadar boʻlib oʻtishi kerak. Oliy rada hozircha bir toʻxtamga kelganicha yoʻq. Deputatlar inauguratsiyani 19, 20, 26 may yoki 1 iyun kunlari oʻtkazizni taklif qilishmoqda. Zelenskiyning oʻzi inauguratsiyani 19 mayda oʻzkazishlarini talab qilmoqda.

Asosiy mavzular