13:45 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Bespilotnыy letatelnыy apparat (BPLA)

AQSH uchuvchisiz samolyoti Rossiyaning gʻarbiy chegaralarida razvedka olib bordi

© Flickr / U.S. Army Europe Images
Dunyoda
Havola olish
61710

AQShning razvedkachi samolyoti Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida koʻrindi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. AQSH havo harbiy qoʻshinlari RQ-4B-40 Global Hawk strategik uchuvchisiz samolyoti Rossiyaning gʻarbiy chegaralarida razvedka olib bordi. Bu haqda PlaneRadar xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, strategik uchuvchisiz samolyot Sitsiliya orolidagi Sigonella bazasidan havoga koʻtarilgan.

Moskva vaqti bilan soat 11:45 da samolyotni Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida koʻrishdi.

Soat 13:00 da Estoniya hududidan Pskov va Leningrad viloyatlari hududidan razvedka parvozini boshladi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlat razvedka samolyotlari va uchuvchisiz qurilmalari Rossiya chegaralari yaqinida borgan sari koʻp paydo boʻlmoqda.  

Masalan, oʻtgan haftada RQ-4B-40 Global Hawk Qrim qirgʻoqlari yaqinida koʻrinish berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vashingtonni bunday operatsiyalardan voz kechishga chaqirgandi, biroq Pentagon buni rad etdi.

Asosiy mavzular