AQShda to‘y va dafn marosimini bir vaqtda o‘tkazmoqchi bo‘lgan yoshlar tanqidga uchradi

© flickr.com/ ChuWeiHunG IPhotoJenix i nevesta na brakosochetanii
Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kalifoniyalik sevishganlar to‘y va dafn marosimini bir vaqtda o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu holat internet foydalanuvchilarining g‘azabini keltirdi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Kaliforniyada istiqomat qiluvchi yosh kelin-kuyov to‘y hamda xolasining dafn marosimini bir vaqtda o‘tkazishga qaror qilishdi.

Kogda bivshaya prishla na svadbu - Sputnik O‘zbekiston
To‘y oqshomida ikki o‘t orasida qolgan kuyov ahvoli – video

Ular bu haqda ijtimoiy tarmoqda post qoldirdilar. Post foydalanuvchilarning keskin tanqidiga nishon bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti The Sun nashriga tayangan holda.

Sevishgan juftlik qarindoshining vafot qilgani uchun qayg‘uda ekani, biroq o‘z rejalarini o‘zgartirishni xohlamasligini ma’lum qilgan.

“Biz barchamiz chuqur qayg‘udamiz, lekin kelgusi haftada to‘yni bekor qilmaymiz, deb va’da beramiz”, - deb yozgan yoshlar.

Ularning fikricha, dafn marosimi katta xarajat talab etadi, shu bois yoshlar visol kechasini marhum xolasini so‘nggi manzilga kuzatish bilan birga nishonlashga qaror qilgan.

Post ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchradi.

Yangiliklar lentasi
0