Poroshenkoni Zelenskiyga hokimiyatni silliq topshirishga chaqirishmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPotr Poroshenko
Potr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Katta yettilik” vakillari Poroshenkoni Zelenskiyga hokimiyatni topshirishga chaqirishdi.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. “Katta yettilik” (G7) davlatlari vakillari Ukraina prezidenti Potr Poroshenkoni hokimiyatni yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyga topshirishga chaqirishdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Qayd etilishicha, Potr Poroshenkoning G7 va Yevropa ittifoqi davlatlari elchilari bilan uchrashuvida uning prezidentligi davomida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari muhokama qilingan.

“G7 elchilari hokimiyatning silliq topshirilishiga chaqirishdi, bu Ukrainaga u tanlagan islohotlar yo‘lini davom ettirishga imkon beradi”, - deyiladi xabarda.

Poroshenkoning matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, G7 vakillari prezident saylovlari yuqori darajada o‘tkazilganini ta’kidlashgan.

Debati Petra Poroshenko i Vladimira Zelenskogo na stadione Olimpiyskiy v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko Zelenskiyga maslahat berdi

Avvalroq Ukraina Oliy radasining tartib-qoida masalalari bo‘yicha qo‘mitasi Zelenskiyning inauguratsiyasi sanasiga doir 7 ta loyihani ko‘rib chiqqan va parlamentni ulardan har biri bo‘yicha ovoz berishga chorlagan. Yangi saylangan prezident Zelenskiyning o‘zi esa inauguratsiyasi 19-may kuni o‘tishini talab qilmoqda.

Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanini rasman e’lon qildi. U saylovning ikkinchi bosqichida 73,22 foiz ovoz to‘pladi. Amaldagi prezident Potr Poroshenko saylovchilarning 24,45 foiz ovozini to‘plab, mag‘lubiyatga uchradi.

Qonunga binoan yangi davlat rahbarining inauguratsiyasi 3-iyunga qadar bo‘lib o‘tishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0