16:31 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Kandidat v prezidentы ot partii Sluga naroda Vladimir Zelenskiy

Zelenskiyning inauguratsiya marosimi qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
299 0 0

Ukraina parlamenti inauguratsiyani yangi saylangan prezident talab qilgan sana - 19 may kuniga belgilashni rad etdi.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Ukraina parlamenti yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasini 20 mayga belgiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bu qaror saylov oʻtkazilgan kunidan 3,5 hafta oʻtib qabul qilindi.

Avvalroq Ukraina parlamentida inauguratsiyani oʻtkazish haqida 7 ta qaror roʻyxatga olingandi; 17, 19, 20, 26, 28 may va 1 iyun.

Zelenskiyning oʻzi 19 may kuni oʻtkazilishini istab, oyoq tirab turib olgandi.

Uning soʻzlariga koʻra, amaldagi hukumat inauguratsiya sanasini choʻzish, bu bilan uni qonunchilikda belgilangan muddatlarda Oliy Radani tarqatib yuborish huquqidan mahrum etishga harakat qilmoqda.

Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni oʻtkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib gʻolib boʻldi.

Zelenskiy saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.

Markaziy saylov qoʻmitasi ham, saylov davomida hech qanday jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini xabar qildi. 

 

Asosiy mavzular