12:34 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Rossiya kosmik qurilmalari haqida maxfiy maʼlumot internetda paydo boʻldi

© Foto: NASA
Dunyoda
Havola olish
832 0 0

Internetda sunʼiy yoʻldoshlarning nomi, tayyorlagan korxonalar, uchish muddatlari va qurilmalar miqdori haqida maʼlumotlar paydo boʻldi.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Internetda Rossiya kosmik qurilmalari haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Ularning yaratilishi va uchirilishi haqida oldin hech qanday axborot eʼlon qilinmagandi. RIA Novosti xabariga asosan.

Qurilmalarni tayyorlagan kompaniya bu maʼlumotlarni oshkor etish noqonuniy ekanligini alohida taʼkidlamoqda.

Internetda sunʼiy yoʻldoshlarning nomi, ularni tayyorlagan korxonalar, uchish muddatlari va qurilmalar miqdori haqida maʼlumotlar tarqalgan.

“Saturn” kompaniyasi bosh muhandisi Sergey Lixonosov soʻzlariga koʻra, bu maʼlumotlar Krasnodar shahrida oʻtkazilgan konferentsiyada eʼlon qilingan. Biroq ularni interenetga joylashtirish huquqi hech kimga berilmagan.

Kompaniya vakilining taʼkidlashicha, maxfiy maʼlumotlarni internetda eʼlon qilgan shaxsga nisbatan chora koʻriladi.

Asosiy mavzular