11:07 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Gosudarstvennыy flag Kirgizskoy Respubliki

Qirgʻiziston sobiq prezidentlari daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
500 0 0

Endilikda Qirgʻizistonda sobiq prezidentlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Qirgʻiziston sobiq prezidentlari daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “QR prezidenti faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va tuzatishlar kiritish haqidagi hujjatni imzoladi. Ushbu qonun bilan endilikda Qirgʻizistonda sobiq prezidentlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Mazkur qonun Joqorgʻu Kenesh tomonidan joriy yilning 4 aprel kuni qabul qilingandi.

Qonun tashabbuskorlari Joqorgʻu Kenesh deputatlari Kurmankul Zulushev va Isxak Masaliyev.

Qonun bilan sobiq davlat rahbari prezidentlik vakolati yakunlanganidan soʻng yoki lavozimidan chetlashtirilganda ayrim holatlarda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Shuningdek, yangi qonunga muvofiq, sobiq prezidentlarga siyosiy lavozimlarni egallash taʼqiqlanadi.

Asosiy mavzular