04:09 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Mujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto

“Razbor xohlaysanmi?” – ikki deputatning janjali videoga olindi

© Sputnik / Aleksey Danichev
Dunyoda
Havola olish
509 0 0

Bishkek shahar keneshining ikki deputati xoʻjalik uy-joy kommunal masalalari boʻyicha doimiy komissiya yigʻilishida katta janjal koʻtarishdi.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Bishkek shahar keneshining ikki deputati xoʻjalik uy-joy kommunal masalalari boʻyicha doimiy komissiya yigʻilishida janjallashishdi.

Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra, janjal deputat Kanatbek Muzuraliyev va komissiya rahbari Jumabek Salimbekov oʻrtasida yuzaga kelgan.

Deputat Muzuraliyevni Salimbekov yordamchisi Pavel Desyatnikovning deputatlar bilan bir qatorda oʻtirishi jahlini chiqargan. Ilgariroq Desyatnikov ikki fuqarolikda ayblanib, deputatlik mandatini topshirishga majbur boʻlgandi. Poytaxt deputati Desyatnikov shahar keneshi apparati xodimlari oʻtiradigan joyga borib oʻtirishini talab qildi.

“U hamkasbimiz edi, hurmat qilaman, lekin nega u boshqa joyda emas, biz bilan birga bir stol atrofida oʻtiribdi? Nega komissiya rahbari buni nazorat qilmaydi? Uning deputatlar bir qatorda oʻtirishga haqqi yoʻq”, - deya eʼtiroz bildirdi Muzuraliyev.

Salimbekov undan “janjal uyushtirishni xohlayapsanmi” deb soʻraydi va Desyatnikovni deputatlar bilan bir stol atrofiga oʻtqazishga qaror qilib, unga savol berish huquqini berganini aytadi. Muzuraliyevni bu javob qoniqtirmaydi. U deputat yordamchisi boshqa joyda oʻtirishi kerakligi va savol berishga hech qanday haq-huquqi yoʻqligini yana bir bor takrorlaydi.

Salimbekov mikrofonni oʻchirib, hamkasbini “bas qilishga” va “yana boshlamaslikka” chaqiradi.

Shundan soʻng ular baland ovozda suhbatni davom ettirishadi. Salimbekov Muzuraliyevni bu kabi masalalarni hammani huzurida emas, balki tanaffus paytida hal qilish kerakligini aytadi.

Boshqa deputatlar janjal qilayotgan deputatlarni tinchlantirishga urinishadi. Salimbekov hamkasblariga “mavzuga oid” gapirishni taklif qiladi. Gʻazab otidan tushmagan Muzuraliyev unga oʻzining yordamchilariga “aql oʻrgatishni” maslahat beradi.

Asosiy mavzular