Hindistonda kelinsiz to‘y o‘tkazildi – kuyov baxtli

© AFP 2019 / ROBERTO SCHMIDTIndiyskiy jenix. Arxivnoe foto
Indiyskiy jenix. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha marosimlar an’anaviy hind to‘ylariga muvofiq o‘tkazildi.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Hindistonning Gujarat shtatida qarindoshlar 27 yoshli Adjay Barotning to‘yini kelinsiz o‘tkazib berishdi.

Yosh yigit ancha vaqtdan beri uylanishni orzu qilib keladi. Biroq o‘ziga munosib kelin topa olmaydi.

Ayniqsa, akasining to‘yi o‘tkazilgandan keyin oila qurish haqida orzulari yanada kuchayadi.

Adjayning yaqinlari unga kelinsiz 800 kishilik to‘y o‘tkazishga qaror qilishdi.

Kuyov milliy an’anaga asosan to‘y libosida otni minib o‘tadi. Barcha marosimlar an’anaviy hind to‘ylariga muvofiq o‘tkazildi. Barot juda baxtiyor edi.  

Qarindoshlar so‘zlariga ko‘ra, kelin topishda yigitning muayan o‘ziga xosligi to‘sqinlik qilgan.

Yoshlik chog‘ida o‘qishda qiynalgani uchun bolani nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga ixtisoslashgan maktabga o‘tkazishadi, biroq uni ham tashlaydi.

Keyinchalik Adjayning onasi vafot etadi.

Barotaning oila a’zolari ta’kidlashicha, uni xursand qilish uchun to‘y marosimini o‘tkazib berishdi. Ammo ular yigit oxir-oqibat o‘ziga umr yo‘ldosh topishiga umid qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0