05:59 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
37110

Oxirgi vaqtlarda AQSH razvedka samolyotlari Donbass yaqinida koʻp marta aniqlanmoqda.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. AQSH havo harbiy qoʻshinlariga tegishli boʻlgan RQ-4B-30 Global Hawk strategik uchuvchisiz samolyoti Donbass hududida razvedka olib bordi.

Strategik uchuvchisiz samolyot Sitsiliya orolidagi Sigonella bazasidan havoga koʻtarilgan.

Payshanba kuni kechqurun samolyot 15 km balandlikda Kiyev hukumati nazorati ostidan boʻlgan hududdan janubdan shimolga uchib oʻtdi, Starobelsk tumanidan ortga qaytdi.

Zaporoj va Donetsk viloyatlari chegaralaridan gʻarb tomonga oʻtdi. Keyin Nikolayevdan Qora dengizga oʻtdi. Shundan soʻng samolyot Ukraina hududini tark etdi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlat razvedka samolyotlari va uchuvchisiz qurilmalari Donbass yaqinida borgan sari koʻp paydo boʻlmoqda.  

Shuningdek, uchuvchisiz apparatlar Boltiq, Qrim, Krasnodar hamda Suriyadagi rossiya harbiy bazalar yaqinida qayd etilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vashingtonni bunday operatsiyalardan voz kechishga chaqirgandi, biroq Pentagon buni rad etdi.

Asosiy mavzular