04:07 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Prototip pyatimestnogo samoleta s batareynыm pitaniyem, kotorыy Lilium nadeyetsya vvesti v ekspluatatsiyu k 2025 godu. 16 maya 2019 goda

Dunyoda birinchi: Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi – foto, video

REUTERS / Lilium/Handout
Dunyoda
Havola olish
70910

Elektr energiya bilan ishlaydigan bu qurilma soatiga 300 kmni bosib oʻtishi mumkin.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Germaniyaning Lilium startap kompaniyasi besh oʻrindiqli uchar taksini namoyish qildi.

Kompaniyada taʼkidlanishicha, bu dunyoda birinchi tadqiqot. Lilium vakilining soʻzlariga koʻra, yaqinda qurilma sinovdan oʻtkazildi: oʻzi mustaqil havoga koʻtarildi, havoda turib, yerga qoʻndi.

Uchar taksini 36 dona elektr motor harakatga keltiradi. Bu vertikal tarzda koʻtarish va qoʻnish imkonini beradi. Qurilma soatiga 300 kmni bosib oʻtishi mumkin.

Bir nechta kompaniyalar bunga oʻxshash qurilmalarni sinovdan oʻtkazishgandi, biroq ulardan hech biri bortiga ikkitadan ortiq odamni olish imkoniyatiga ega boʻlmagandi.

“Biz har doim oʻrindiqlar sonini beshtaga yetkazishga harakat qilgandik – bu yanada koʻproq sayohlar uchun osmonni ochib beradi”, - deydi Lilium asoschilardan biri Deniyel Vigand.

Prototip pyatimestnogo samoleta s batareynыm pitaniyem, kotorыy Lilium nadeyetsya vvesti v ekspluatatsiyu k 2025 godu. 16 maya 2019 goda
REUTERS / Lilium/Handout
Prototip pyatimestnogo samoleta s batareynыm pitaniyem, kotorыy Lilium nadeyetsya vvesti v ekspluatatsiyu k 2025 godu. 16 maya 2019 goda

Endi qurilma yana bir necha sinov parvozlarini oʻtkazishi kerak boʻladi. Lilium kompaniyasi 2020 yil oʻrtalarida bu modellarni ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga umid qiladi.

Uchar taksilar Airbus, Uber boshqa startap kompaniyalar tomonidan sinovdan oʻtkazilmoqda.

Ushbu transport vositasining tarafdorlarining soʻzlariga koʻra, uchar taksilar shahar aholisi harakatchanligini oshirib, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi.

Asosiy mavzular