04:39 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Boyeviki

Afgʻon-tojik chegarasi yaqinida 10 mingga yaqin jangari toʻplangan – Rossiya TIV

AP Photos / Allauddin Khan
Dunyoda
Havola olish
159320

Rossiya TIV maʼlumotiga koʻra, Afgʻonistonda jangarilari rus tilida soʻzlashuvchi 8 ta jamloq mavjud boʻlib, ular Markaziy Osiyoga xavf solmoqda.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Afgʻoniston va Tojikiston chegarasida vaziyat tashvishga solmoqda, bu haqda Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Oleg Siromolotov maʼlum qildi.

“Hozirgi vaqtda afgʻon-tojik chegarasidagi vaziyat yetarli darajada tashvishli, chunki u yerda chegarani kesib oʻtishga tayyor boʻlgan 10 mingga yaqin jangarilar toʻplangan”, - dedi u terrorizmga qarshi anjumanda.

Siromolotovning soʻzlariga qaraganda, “Tolibon” harakati yetakchilari barcha afgʻonlarni “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi bilan kurash olib borishga chorlashdi.

Rossiya TIV rahbari muovinining soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonda jangarilari rus tilida soʻzlashuvchi 8 ta jamloq mavjud boʻlib, ular Markaziy Osiyoga xavf solmoqda. Ularda MDH va Rossiya fuqarolari mavjud.

Shuningdek, Afgʻonistonda terrorizm va narkobiznes aloqalarini mustahkamlanishi ham juda katta tahdidni keltirib chiqardi. Chunki terrorchi uyushmalar narkotiklar yetishtirish va undan olinadigan daromadni toʻliq nazorat qiladi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular