AQShda omborxona ustiga F-16 qiruvchi samolyoti qulab tushdi – video

© KABC-TV via APV Kalifornii istrebitel VVS SShA F-16 Fighting Falcon vrezalsya v krishu sklada.
V Kalifornii istrebitel VVS SShA F-16 Fighting Falcon vrezalsya v krishu sklada. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kaliforniyada joylashgan omborxona binosi ustiga F-16 qiruvchi samolyoti qulab tushdi.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Kaliforniyada joylashgan omborxona binosi ustiga F-16 Fighting Falcon qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Fox News nashri xabar qildi.

Voqeaga guvoh bo‘lgan odam holatni kameraga olib, video lavhani internetga joylashtirdi.

​Ta’kidlanishicha, F-16 samolyoti o‘quv mashg‘ulotlarini yakunlab, aviabaza tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Qo‘nish vaqtida qiruvchi samolyotda gidrotizim ishdan chiqqan.  

Hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra, samolyot katta avtotrassa yaqinida joylashgan omborxona binosi ustiga qulab ketgan.

Qiruvchi samolyotni boshqarayotgan uchuvchi katapulta qilib, omon qolgan.

Uchuvchi shifoxonaga yotqizildi, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Yangiliklar lentasi
0