18:34 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Politseyskiy

Ot mingan general: qozogʻistonlik politsiya boshligʻini ishdan boʻshatish tavsiya qilindi – video

Sputnik / Kseniya Voronina
Dunyoda
Havola olish
67101

Atirau viloyati politsiya boshligʻi general Ayan Duysembayevga ot sovgʻa qilindi. U shu otga minishi aks etgan video internetda paydo boʻldi. Bir qancha vaqtdan soʻng jandal koʻtarildi.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Qozogʻiston Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev tomonidan Otirau viloyati departament boshligʻi Ayan Duysembayevni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida prezident administratsiyasiga taqdimnoma joʻnatildi.

Eslatib oʻtamiz, Atirau viloyati politsiya rahbari Ayan Duysembayevga ot sovgʻa qilindi. U sovgʻa qilingan otga minishi aks etgan video internetda paydo boʻlgandan keyin katta shov-shuv boshlanishiga sabab boʻldi.

IIV bu xabarga darhol eʼtibor qaratib, tekshiruv oʻtkazish maqsadida vazir oʻrinbosari Aleks Kalaychidi boshchiligida maxsus komissiyani yubordi.

IIV maʼlumotlariga koʻra, komissiya xizmat tekshiruv natijalarini koʻrib chiqdi. Unda aytilishicha, Duysembayev xizmat ahloq qoidalarini buzgan.

“Xizmat tekshiruv natijalariga koʻra ichki ishlar vaziri Ayan Duysembayevni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida prezident administratsiyasiga taqdimnoma kiritish haqida qarorni qabul qildi”, - deyilgan IIV xabarida.

Shuningdek, xizmat tekshiruvi natijalariga asosan viloyat oʻz xavfsizlik boshqarmasi rahbari xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirildi. Qator mansabdor shaxslar qattiq intizomiy jazoga tortildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqda otni sovgʻa qilgan shaxslar tomonidan Qozogʻiston prezidenti nomiga yozilgan xat paydo boʻldi.

Unda yozilishicha, general Duysembayev sovgʻani qabul qilishdan bosh tortgan, faqat odamlarni xafa qilmaslik uchun shunchaki otga minib, atrofni aylangan.

Asosiy mavzular