08:45 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Miting LGBT-soobщestva

Tayvan Osiyoda birinchi boʻlib bir jinsli nikohlarga ruxsat berdi

© Sputnik / Anatoliy Medved
Dunyoda
Havola olish
112501

Orol hukumati bu taʼqiqni nikoh faqatgina erkak va ayol oʻrtasida tuzilishi mumkinligi koʻrsatilgan qonun bilan izohlashgan. Tayvanning 1,1 ming aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov esa fuqarolarning yarmidan koʻpi (soʻrovda qatnashganlarning 46,3%i) bir jinsli nikohni yoqlashlarini koʻrsatgan.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Tayvan pralamenti ikkinchi oʻqishda bir jinsli nikohlarga ruxsat beruvchi qonunchilik loyihasini maʼqulladi. Agar hujjat uchinchi oʻqishda ham maʼqullansa, Tayvan Osiyoda birinchi boʻlib bir jinsli nikohlarga ruxsat berilgan regionga aylanadi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tayvan maʼmuriyati rahbari Tsay Inven parlamentning ushbu qarorini haqiqiy tenglik sari katta qadam, deya baholagan.

"Biz haqiqiy tenglik sari katta qadamni tashladik va Tayvanni yanada yaxshiroq boʻlishiga erishdik", - deb yozgan Tsay Inven oʻzining Twitter dagi sahifasida.

REGNUM axborot agentligi xabarida aytilishicha, mamlakat qonunchilik organida ushbu hujjat muhokama qilinayotgan vaqtda, kuchli yogʻingarchilikka qaramay, parlament binosi oldida mingga yaqin LGBT-faollari toʻplangan.

 

Bir jinsli nikohlarni qonuniylashtirish masalasi 2013 yilda koʻtarilgan. Oʻshanda tayvanlik huquq himoyachilaridan biri boʻlgan erkakka jinsdoshi bilan nikohni qayd etish taʼqiqlangan, deb yozadi nashr.

Orol hukumati bu taʼqiqni nikoh faqatgina erkak va ayol oʻrtasida tuzilishi mumkinligi koʻrsatilgan qonun bilan izohlashgan. Tayvanning 1,1 ming aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov esa fuqarolarning yarmidan koʻpi (soʻrovda qatnashganlarning 46,3%i) bir jinsli nikohni yoqlashlarini koʻrsatgan.

 

2017 yilning may oyida Tayvanning Konstitutsiyaviy sudi fuqarolarga bir jinsli nikohni qayd etishga ruxsat bergan. Bunga qadar bir jinsdagi fuqarolarga oila qurishni taʼqiqlagan qonun esa konstitutsiyaviy emas, deb tan olingan. Oʻshanda sud mamlakat qonunchilik organiga Konstitutsiyaga mos kelmaydigan Tayvan Fuqarolik kodeksini tuzatishga, yoki yangisini yozishga ikki yil muddat bergan edi.

Asosiy mavzular