08:45 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Submarina USS Florida VMS SSHA

AQSH harbiy suv osti kemasida jinsiy janjal yuz berdi

© Foto : U.S. Navy / Lynn Friant
Dunyoda
Havola olish
168710

AQSH suv osti kemasida harbiy ayollar bilan bogʻliq mojaro yuz berdi.

TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Military.com nashri AQSH harbiy dengiz kuchlariga qarashli boʻlgan USS Florida suv osti kemasida yuz bergan mojaro tafsilotlarini ochiqladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Taʼkidlanishicha, oʻtgan yilning iyun oyida kema kapitanining yordamisi Gregori Kercher suv osti kemada kimdir ekipaj aʼzolari qayd etilgan ikkita roʻyxat tuzilgani haqida rahbariyatga maʼlum qildi.

Roʻyxatda USS Florida kemasida boʻlgan ayol harbiylari qarshisida “yulduzcha” shaklida baholar qoʻyilgan. Boshqa roʻyxatda esa ayol ekipaj aʼzolarini baholovchi jinsiy mazmundagi izohlar yozilgan.

Bu roʻyxatlar haqida xabar dengiz osti kema ekipaji orasida tez tarqaldi. Undan keyin ayollar oʻz xavfsizligi haqida xavotirlana boshladilar.

Kercher roʻyxat muallifini aniqlashga harakat qiladi, ammo rasmiy surishtiruv boshlanishiga yoʻl qoʻymaydi.

AQSH harbiy dengiz kuchlari rahbariyatiga bu haqda xabarlar yetib borgach, Kercher isʼtefoga chiqarildi. Keyinchalik bir nechta ekipaj aʼzolari intizomiy jazoga tortildi.

USS Florida kemasi - AQSH harbiy dengiz kuchlariga ayol harbiylar xizmat qiladigan ikkinchi suv osti kemasi hisoblanadi. Mojaro boshlanganda 173 nafar ekipaj aʼzolaridan 32 nafari ayol boʻlgan.

Asosiy mavzular