Afg‘oniston va MDH chegarasida besh mingga yaqin jangari bor - FXX rahbari

© AFP PHOTO / STR Orujie izyatoe u boyevikov IG
Orujie izyatoe u boyevikov IG  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda xalqaro terrorchilar kimoviy qurol va biologik zaharli moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Xalqaro terrorchilar MDH mamlakatlariga doimiy ravishda kirib kelimoqda va u yerda mahalliy jinoiy guruhlar bilan birlashmoqda.

Boyeviki  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on-tojik chegarasi yaqinida 10 mingga yaqin jangari to‘plangan – Rossiya TIV

Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov Dushanbeda MDH xavfsizlik xizmati rahbarlari Kengashi yig‘ilishi ochilishida nutq so‘zladi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Terrorchilar kuchining o‘sishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning jiddiylashishiga olib keladi. Ular Hamdo‘stlik mamlakatlariga doimiy ravishda kirib kelmoqda va u yerda mahalliy jinoiy guruhlar bilan birlashmoqda”, - dedi Bortnikov.

Shuningdek, FXX rahbari narkotik moddalar, qurol-yarog‘ transchegaraviy oqimi va noqununiy migratsiya oshmoqda, jinoiy faoliyatdan olishgan daromadlar terrorchilarni moddiy ta’minlash va jangovar imkoniyatlarini yanada kengaytirishga sarflanayotganini aytib o‘tdi.

Bortnikov ta’kidlashicha, xalqaro terrorichilar Shimoliy Afrikada va Osiyoda yangi tayyorgarlik ko‘rish maydonlarini tashkil qilish ishlari barqaror ravishda o‘sib bormoqda.

“Terrorchilik guruhlarning Hamdo‘stlik davlat bilan chegaradosh bo‘lgan Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalariga o‘tkazilishi jiddiy tashvishga solmoqda. Shu hududlarda IShIDning filiali bo‘lgan “Viloyat Xuroson”da besh mingga yaqin jangari to‘plandi. Ularning asosiy qismini Suriyada jang qilgan MDH fuqarolarini tashkil qiladi”, - deb ta’kidladi FXX rahbari.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda xalqaro terrorchilar kimoviy qurol va biologik zaharli moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bortnikovning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar tomonidan qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etish yangi vosita va uslublari haqida ishonchli ma’lumotlar olingan. Ziyon yetkazuvchi elementlarni yetkazishda uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanilmoqda.

FXX direktori ta’kidlashicha, hozirda terrorchilar nafaqat jangarilarning bevalari va rafiqalari, balki o‘z farzandlarini ham terroristik amallarini sodir etish uchun foydalanishga harakat qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0