Ramzan Qodirovning Zelenskiydan hafsalasi pir bo‘ldi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRamzan Kadirov
Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Vladimir Zelenskiyning inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqini “okean ortidan turib tahrir qilishgan” deb taxmin qildi.

TOShKENT, 21-may  — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiydan hafsalasi pir bo‘ldi. Bunga Zelenskiyning Qrimni Kiyev nazorati ostiga qaytarilishi haqidagi so‘zlari sabab bo‘ldi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Siz haqingizda boshqa fikrda edim. Omadli, tajribali va mashhur shoumen dono va sog‘lom fikrli siyosatchi bo‘ladi deb o‘ylagandim, siz esa darhol o‘zganing mulkiga ko‘z olaytirdingiz. Yaxshi qo‘shnilar bunday qilmaydi. Sizdan hafsalam pir bo‘lishga majburman”, - deya yozgan Checheniston rahbari.

Vladimir  Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy barcha musulmonlardan uzr so‘radi

Qodirovning fikriga ko‘ra, Zelenskiy va uning kelajakdagi davomchilari  Qrim Rossiyaning qismi bo‘lgani va abadiy shunday bo‘lib qolishini yodda saqlashlari kerak.

Shuningdek, Qodirov Ukraina yangi prezidentiga tarixni o‘rganishni maslahat berdi.

Shu bilan birga, Ramzan Qodirov Vladimir Zelenskiyning inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqini “okean ortidan turib tahrir qilishgan” deb taxmin qildi. U agar Rossiyaga o‘zganing yerlari kerak bo‘lganda, Ukraina allaqachonlardir Rossiya g‘arbidagi viloyat markazi bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Lekin Rossiya hech qachon bu ishga qo‘l urmaydi. Biz qardosh ukrain xalqining mamlakat hududiy yaxlitligini hurmat qilamiz”, - deya xulosa qildi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20-may kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi. Inauguratsiya marosimida Oliy radani tarqatib yuborishini e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0