23:09 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Jenщina probirayetsya cherez zatoplennuyu ulitsu

Tadqiqot: 2100 yilda London, Nyu-York, Shanxay suv ostida qolishi mumkin

REUTERS / Stringer
Dunyoda
Havola olish
66910

Dunyoning yirik megapolislari iqlim oʻzgarishi oqibatida 2100 yilda suv ostida qolishi mumkin.

TOSHKENT, 22 may – Sputnik. Dunyoning yirik megapolislari iqlim oʻzgarishi oqibatida 2100 yilda suv ostida qolishi mumkin. Bu borada oʻtkazilgan tadqiqot natijalari AQSH Fanlar akademiyasi jurnalida eʼlon qilindi.

AQSH va Britaniya olimlari dengiz sathi koʻtarilishi boʻyicha oʻtkazgan yangi tadqiqot oʻtkazildi. Unga koʻra, 2100 yilda London va Nyu-York suv ostida qolishi mumkin.

Eng yomon prognozlarga koʻra, atmosferada karbonat angidrid gazlari toʻplanishi hozirgi surʼatda saqlanib qolsa, yaqin 80 yilda global havo harorati 5 darajaga oshadi. Buning oqibatida Dunyo okeani sathi 62 dan 238 santimetrgacha koʻtariladi va quruqlikning 1,79 million kvadrat kilometri suvga gʻarq boʻladi. Shuncha joyda 187 million kishi yashamoqda.

Global isish oqibatida dengiz sathining oshishida Grenlandiya muzliklari asosiy manba vazifasini oʻtaydi. Olimlarning fikricha, Antarktidaning Sharqiy va Gʻarbiy qismlarida ham notinch holatga oʻtish ehtimoli bor.

Prognozlarga koʻra, qirgʻoqboʻyi hududlari past tekisliklardan iborat Buyuk Britaniya, AQSH, Yevropa va Osiyoning ayrim mamlakatlari katta xavf ostida qolmoqda.

Asosiy mavzular