Zelenskiy prezidentlik kursisidan shikoyat qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishBrifing izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo
Brifing izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan rolikda Zelenskiyning ilk ish kuni qanday o‘tgani tasvirlangan.

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga prezident qarorgohi binosidagi prezidentlik kursisi ma’qul bo‘lmadi.

Inauguratsiya izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy deputatga keskin javob qaytardi - video

RTning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan rolikda Zelenskiyning ilk ish kuni qanday o‘tgani tasvirlangan. Yangi davlat rahbari o‘z ish xonasiga kirib, kursiga o‘tirishga urinadi.

“Noqulay”,  - deya shikoyat qiladi Zelenskiy.

Shundan so‘ng Ukraina yetakchisi o‘zining prezident qarorgohi binosidan boshqa joyga ko‘chib o‘tish istagi borligini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiydan hafsalasi pir bo‘lgani xabar qilingan edi. Bunga Zelenskiyning Qrimni Kiyev nazorati ostiga qaytarilishi haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0