“Siyosat - endi o‘rganayotganlar uchun”: Zelenskiyga bolalar kitobi sovg‘a qilindi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev shahrida o‘tkazilgan kitoblar festivaliga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 24-may – Sputnik. Ukraina prezidenti  Vladimir Zelenskiyga “Siyosat -endi o‘rganayotganlar uchun” bolalar kitobi sovg‘a qilindi.

Mamlakat rahbari Kiyev shahrida o‘tkazilgan kitoblar festivaliga tashrif buyurdi. Nashriyotlardan birining vakili unga o‘smirlar uchun axborot qo‘llanmasini taqdim etdi.

“Siyosat -endi o‘rganayotganlar uchun” kitobi orqali yosh o‘quvchilar mamlakatni boshqarish, siyosiy tizim, g‘oyalar va boshqa ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar haqida bilib olsa bo‘ladi. Davlatimizdagi o‘zgarishlar eng yosh bolalarda ham ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi”, - deb izoh keltiradi "Obozrevatel" kitobning annotatsiyasiga asosan.

Facebookda joylashtirilgan lavhada, Zelenskiy xijolat qilmay, sovg‘aga hazil tariqasida javob berdi.

Yangiliklar lentasi
0