16:03 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Maosh va jinsiy zoʻravonlik: AQShda McDonald's ishchilari norozilik aktsiyasini oʻtkazdi

© Fotolia / Photographee.eu
Dunyoda
Havola olish
667 0 0

Amerikaning 13 ta shaharlarida McDonald's kompaniyasining yuzlab xodimlari ish joylarini tashlab ketishdi.

TOSHKENT, 24 may – Sputnik. AQShning bir necha shaharlarida McDonald's restoranlarining yuzlab xodimlari payshanba kuni ishga chiqmadi.

Ular maosh kamligi, xavfsiz boʻlmagan ish sharoitlari va jinsiy zoʻravonlikka qarshi norozilik namoiyshlarini uyushtirishdi. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Amerikaning 13 ta shaharlarida yuzlab McDonald's xodimlari ish joylarini tashlab ketishdi.

Norozilik aktsiyasi tufayli Missuri  shtatining Sent-Luis shahrida 10 ta restoran yopildi. Eng katta norozilik tadbiri Ayova shahrida oʻtkazildi.

Xodimlar McDonald's kompaniyasi rahbariyatidan oyliklarni koʻtarish, jinsiy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha xodimlarga keskin choralar koʻrilishini talab qildi.

Bundan avval NBC telekanali McDonald's restoranlari xodimlari zoʻravonlikka duch kelgani haqida xabar qilgandi.

McDonald's 25 nafar xodimi oʻz hamkasblariga nisbatan ayblovlarni bildirdi. Xodimlarning soʻzlariga koʻra, ularning hazil sifatida qabul qilinib, rad etildi. Boshqalar esa ish vaqtini qisqartirish yoki “ishdan boʻshatish” holatlariga duch kelishdi.

Asosiy mavzular