Xakasiyada tuman rahbari jurnalistga tashlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada jurnalistga hujum qilgan mansabdorga "buyumlarini yig‘ish"ni maslahat berishdi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Rossiyaning Xakasiya o‘lkasi Shirin tuman rahbari Sergey Zaysev "Rossii 24" telekanali muxbiriga hujum qilib uni yerga qulatdi. Ushbu voqea jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Andijon viloyati IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olindi

Xakasiyada 4-yil oldin yuz bergan tabiiy ofat qurbonlariga nima sababdan haligacha juda yomon sharoitda yashayotganini bilish uchun kelgan “Rossiya 24” telekanali muxbiri tuman hokimining keskin qarshiligiga uchradi.

Telekanal tarqatgan videolavhada, jurnalist tuman hokimiga savol berayotgan vaqtda, mansabdor shaxs joyidan turib uning qo‘lidan mikrofonni yulib olmoqchi bo‘ladi. Undan so‘ng jurnalistni yerga qulatadi. Shundan so‘ng hokim va uning yordamchilar operator va jurnalistni xonadan quvib chiqarishadi.

Internetda paydo bo‘lganidan so‘ng ushbu video katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Tuman hokimining hatti-harakati keskin tanqidga uchradi.

Dastlab uning partiyadoshlari “Yedina Rossiya” partiyasi a’zolari, Sergey Zaysevning hatti-harakatlarini keskin qoralab, uning nomidan jurnalistlardan kechirim so‘rashdi.

Oglashenie prigovora A. Kokorinu i P. Mamayevu - Sputnik O‘zbekiston
Kokorin va Mamayevga yakuniy sud hukmi chiqarildi

Senator Aleksey Pushkov esa, ushbu xabardan so‘ng Sergey Zaysev o‘z vazifasida uzoq qola olmasligini ta’kidlab unga “buyumlarini yig‘ishni” maslahat berdi.

Tuman rahbari Zaysevning o‘zi esa – jurnalist uni “provokatsiya” qilganini davo qilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda Rossiyada OAV va ijtimoiy tarmoqlar yordamida mansabdor shaxslar ning qilayotgan ishlari omma e’tiboriga tushib qolmoqda. Aytish joizki, har bir ana shunday holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Shu o‘rinda o‘tgan yili sodir bo‘lgan voqeani ham esga olsa bo‘ladi. Rossiya terma jamoasi futbolchilari Kokorin va Mamayev ikki kishini sababsiz kaltaklagani uchun 1,5 yilga qamalgan edi. Ularning boyligi ham, “yulduz”ligi ham real qamoq jazosidan asrab qololmadi.

Yangiliklar lentasi
0