AQShda urg‘ochi anakonda erkagi ishtirokisiz avlod dunyoga keltirdi

© Sputnik / Andrey Solomonov / Mediabankka o‘tishPiton
Piton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Urg‘ochi anakonda erkak anakondalardan alohida saqlangan. Biroq shunga qaramay bir necha avlodni dunyoga keltirishga muvaffaq bo‘lgan.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. AQShda Anna laqabli yashil anakonda erkak ishtirokisiz farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar qilmoqda.

Zmeya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Braziliyada ulkan anakonda yo‘lni to‘sib qo‘ydi - video

Xabarda yozilishiga ko‘ra, urg‘ochi anakonda erkak anakondalardan alohida saqlangan. Biroq shunga qaramay bir necha avlodni dunyoga keltirishga muvaffaq bo‘lgan.

Shunday qilib, dunyoga kelgan anakondachalar partenogenez natijasi bo‘lishi mumkin. Partenogenez – jinsiy ko‘payish shakllaridan biri, tuxum xujayraning urug‘lanmasdan rivojlanishi.

Xabarda dunyoga kelgan anakonda bolalaridan faqat ikkitasi tirik qolgani qayd etilgan.

Partenogenez birinchi navbatda hasharotlarga xos. Bu anakondalar bilan bog‘liq bo‘lgan tarixdagi ikkinchi holat sanaladi.

Yangiliklar lentasi
0