02:25 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
65910

Nur-Sultonda oʻtkazilgan moda tadbirida qozogʻistonlik model Dianagul Tasova hijobda paydo boʻldi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Taniqli qozogʻistonlik model Dianagul Tasova oʻz libosi bilan yana muxlislarni hayratda qoldirdi. Bu safar u moda tadbirida hijobda koʻrinish berdi.

Bu haqda model oʻzining Instagram-akkauntda oʻrtoqlashdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Dinagul Tasova (@dinagul.tasova)

Modelning libosi muxlislarga juda yoqdi. Koʻpchilik ijobiy mazmundagi izohlar yozdi.

“Menda ikkita yangilik bor. Birinchisi – men baribir boshqalardan farq qilaman, buni oʻzgartirish befoyda. Ikkinchisi – bundan foydalanishim mumkin”, - deb yozgan Dinagul Tasova.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval sobiq deputat Dinagul Tasova koʻplab qozogʻistonliklarni shok holatiga keltirib, ularning eʼtirozlariga uchragandi.

Xususan, Tasova Kazakhstan Fashion Week koʻrgazmasi ichki kiyimsiz boʻlgan libosda chiqish qilgan.

Bu Tasovaning omma oldida ochiq kiyimda birinchi chiqishi emas.

Bundan avval Kaznetda oʻtkazilgan koʻrgazmada ham juda ochiq libosda podiumdan oʻtgan. Uning suratlari internetda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Oʻsha vaqtda qozogʻistonliklar modelni tanqid qilishgandi.

Asosiy mavzular