20:22 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Rossiyada fuqaro yangi din yaratdi - bu bilan u nima demoqchi?

xpalmm
Dunyoda
Havola olish
3042 0 0

Nijniy Novgorodlik fuqaro haydovchilik guvohnomasi uchun boshiga drushlag kiygan va makaron osgan holda suratga tushdi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Nijniy Novgorod shahrida yashovchi Mixail Iosilevich ismli fuqaro haydovchilik guvohnomasiga boshiga drushlag (chovli) va quloqlariga makaron osgan holda suratga tushdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Unga haydovchilik guvohnomasi bergan Nijniy Novgorod IIB aytishiga koʻra, drushlag va makaronlar Mixailning diniy mansubligini anglatuvchi belgilardir. Rossiya qonunchiligiga koʻra diniy atributlarda suratga tushish taʼqiqlanmaydi. Shuning uchun ham Mixailga hujjat bermaslik uchun ularda hech qanday rasmiy asos boʻlmagan.  

Xabarda aytilishiga koʻra, Nijniy Novgorodda haqiqatdan ham “Uchib yuruvchi makaron monstrlari ibodatxonasi” roʻyxatdan oʻtgan va ushbu cherkov ustavida uning ruhoniylari “boshlarida chovli va quloqlarida makaron osib yurishlari” kerakligi yozib qoʻyilgan.

Mixailning oʻzi aytishiga koʻra, bunday surat bilan haydovchilik guvohnomasi olish unchalik qiyin boʻlmagan. GAIda undan ikkita qoʻshimcha spravka talab qilishgan xolos: diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtganligi va drushlag uning rasmiy bosh kiyimi ekanligi haqida.

Mixail, tashqi koʻrinishidan hazilkash koʻrinsada, u aslida ushbu ishlarni juda jiddiy maqsadda amalga oshirmoqda. Uning fikriga koʻra, bugungi  kunda jamiyatda diniy qarashlar logikadan ustun qoʻyilayotgani notoʻgʻridir. Oʻz harakatlari bilan Mixail buni isbotlashga qasd qilgan.

Xususan, oʻzining eng soʻnggi postlaridan birida Mixail Rossiya bosh patriarxi Kirill uchun davlat byudjetidan 3 milliar rublga rezidentsiya qurilayotganini keskin tanqid qilib chiqqan.

“Rossiya qonunchiligida barcha dinlar davlat oldida bir xil deyilgan. Demak Rossiya hukumati bosh Imom, bosh  Ravvin va men bosh Viskariy uchun ham 3 milliardlik rezidentsiya qurib berishi kerak. Men esa bunga qarshiman! Taʼlim, meditsina va pensiya uchun pul yetmayotgan vaqtda!!??”, - deb yozadi Mixail.

Hozir “Uchib yuruvchi makaron monstrlari ibodatxonasi”ga aʼzo boʻlishni istaganlar kun sayin koʻpayib bormoqda. Nijniy Novgorodda ularning soni 15 kishidan oshgan.

Bu kabi holatlar dunyo OAVlarida Pastafarianstvo deb ataladi. Ilk bor 2005 yilda AQShning Kanzas shtatida paydo boʻlgan edi. Bobbi Xenderson ismli fuqaro hukumatning maktablarda majburiy diniy dars kiritishiga qarshi oʻz dinini tashkil qilgan va bu bilan hokimiyat qarorining mantiqsiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan edi.

Xram letayuщego makaronnogo monstra

Asosiy mavzular