Xitoy Rossiya bilan birga Venesuelani himoya qilishga tayyor

© REUTERS / Kim Kyung-HoonSentralniy bank Kitaya
Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy Venesuela masalasida Rossiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga tayyor dedi XXR tashqi ishlar vaziri.

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Xitoy Rossiya bilan birga Venesuelani himoya qilishga tayyor dedi XXR tashqi ishlar vaziri Chjan Xanxuey, Si Szinpinning Rossiyaga tashrifi oldidan, RIA Novosti xabariga asosan.

“Venesuela masalasiga kelsak, Xitoy va Rossiya nuqtayi nazari yaqin. Biz Venesuela borasida doimiy aloqani saqlab turibmiz. Biz Venesuela ichki ishlariga tashqaridan aralashishga qarshimiz. Xitoy Venesuela masalasi bo‘yicha Rossiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kuchaytirishga tayyor”, - dedi Chjan Xanxuey

XXR vaziri, shuningdek, Xitoy Rossiya bilan birgalikda Venesuelada xalqaro adolatni himoya qilishga, BMT ustavi va Venesuelaning mustaqilligi hamda suverenitetini hamda hududda tinchlik va barqarorlikni himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada 21-yanvar kuni muxolifat yetakchisi Xuan Guaido o‘zining yangi prezident deb e’lon qilganidan so‘ng, mamlakatda ommaviy tartibsizliklar boshlangan edi. AQSh va bir qator G‘arb mamlakatlari uni darhol tan olishiga qaramasdan, Vnesuela armiyasi va boshqa kuchlari uni qo‘llab-quvvatlamadi. Maduroning taklifiga qaramasdan Guaido Venesuelada umumxalq referendumi e’lon qilishdan bosh tortdi.

Rossiya, Xitoy va Turkiya Venesuelaning qonuniy prezidenti Maduroni qo‘llab quvvatlashdi. AQSh va Angliya o‘z hududlarida bo‘lgan Venesuela kompaniya va hukumat hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishdi. Moskva Guaidoning prezidentlik maqomini “mavjud bo‘lmagan” deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0