Vengriyada bortida 30 nafardan ziyod sayyoh bo‘lgan kater cho‘kib ketdi

© Sputnik / Dmitriy KorobeynikovVid s naberejnoy goroda Zanzibara
Vid s naberejnoy goroda Zanzibara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vengriya poytaxti Budepeshtda janubiy koreyalik sayyohlar bo‘lgan kater cho‘kib ketdi. Hodisa oqibatida 7 nafar sayyoh halok bo‘ldi, 19 kishi bedarak yo‘qoldi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Vengriya poytaxti Budepeshtda janubiy koreyalik 33 nafar sayyoh bo‘lgan sayr qilishga mo‘ljallangan kater cho‘kib ketgan. 

Vid na yaxtu v more - Sputnik O‘zbekiston
Dubayda qiymati 1,5 million dollar bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Ma’lum qilinishicha, Dunay darosida sayr qilish  katerining halokatga uchrashiga kuchli yomg‘ir va katerning boshqa kema bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, katerda janubiy koreyalik 33 sayyoh va ekipajning 2 a’zosi bo‘lgan. 7 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, 19 kishi esa bedarak yo‘qolgan. 

RIA Novostining yozishicha, Janubiy Koreya TIV rahbari Kan Gon Xva Budapeshtga zudlik bilan safar qiladi.

Yangiliklar lentasi
0