AQSh kino va seriallarini sotib olish uchun Markaziy Osiyoga 2 mln dollar ajratiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishZriteli sidat v kinoteatre
Zriteli sidat v kinoteatre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Bishkekda Central Asia Design Hub studiyasi ochildi. Bu studiyada sotib olingan film va seriallar qirg‘iz, qozoq va o‘zbek tiliga dublyaj qilinadi.

TOShKENT, 30-may – Sputnik. AQSh davlat departamenti Amerika film va seriallarini sotib olish uchun Markaziy Osiyo davlatlariga 2 million dollar ajratadi.

Viezdnoy kinoteatr dlya Uzbekkino - Sputnik O‘zbekiston
Uzoq qishloqlarda kino ko‘rsatish uchun ko‘chma kinoteatr ishlab chiqildi

Bu haqda Sputnik Yaqin xorij Telegram-kanali xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bugun Bishkekda Central Asia Design Hub studiyasi ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu studiyada sotib olingan film va seriallar qirg‘iz, qozoq va o‘zbek tiliga dublyaj qilinadi.

Tadbirda Qirg‘izistondagi AQSh elchisi ham ishtirok etdi.

“Biz televizion kontentni ishlab chiqarishga hissa qo‘shishni xohlaymiz”, - dedi AQSh elchisi.

AQSh departamenti Markaziy Osiyoda tayyorlanayotgan seriallar sifati bilan ham qiziqish bildirdi. U yerda AQShda Markaziy osiyolik kino ijodkorlari uchun malaka oshirish kurslari, o‘quv-mashg‘ulot va master-klasslar o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida kinematografiya sohasining malakali kadrlarini tayyorlash bo‘yicha S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali ochilishi haqida xabar berilgandi.

Glava Chechenskoy respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirovning o‘g‘li turk serialida suratga tushdi

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bakalavriatining ixtisoslashgan yo‘nalishlari iqtidorli bitiruvchilari uchun BKDI assistentura-stajirovkasida “Ijro etuvchi produser”, “Dramaturgiya” va “Audiovizual san’at rejissurasi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishlar tashkil etiladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida kinematografiya sohasining malakali kadrlarini tayyorlash bo‘yicha BKDI filiali (qo‘shma fakulteti) ochiladi.

O‘qituvchilik faoliyatiga BKDI yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida avval tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar, shuningdek, master-klasslar o‘tkazish uchun institut professor-o‘qituvchilari jalb etiladi.

Yangiliklar lentasi
0