21:43 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Model bloger Kinsi Volanski (Kinsey Wolanski)

Futbol maydoniga yugurib chiqqan modelning akkaunti blokirovka qilindi - video

© Vitaly
Dunyoda
Havola olish
814 0 0

Model kupalnikda futbol oʻyini vaqtida maydonga yugurib chiqdi. Bir kun ichida Instagramda 2 milliondan ortiq obunachilarni toʻpladi.

TOSHKENT, 3 iyun – Sputnik. Instagram model va bloger Kinsi Volanskining akkauntini blokirovka qildi. Bu haqda "R-Sport" xabar qildi.

Volanski Chempionlar Ligasi finali “Liverpul” va “Tottenxem” klublari oʻyini boʻlayotgan vaqtda maydonga yarim-yalangʻoch holda futbol maydoniga yugurib chiqqani uchun oʻyin toʻxtatilgandi.

Model darhol koʻriqchilar tomonidan qoʻlga olinib, maydon tashqarisiga olib ketildi.

Taʼkidlanishicha, internetda model obunachilari 300 mingdan 2,5 millionga koʻpaydi.

Ammo keyinchalik akkaunt bloklandi. Kinsi Volanski bundan xafa boʻlmadi va Twitterda blog ochdi.

1 iyun kuni Madridda “Metropolitano” stadioni Chempionlar Ligasi final bosqichida “Liverpul” va “Tottenxem Xotspur” kuch sinashdi.

“Liverpul” klubi 2:0 hisobda raqibini magʻlubiyatga uchratdi va 2005 yildan buyon ilk bor turnir gʻolibi boʻldi.

Toʻp mualliflari Muhammad Saloh va Divok Origi boʻldi.

Asosiy mavzular