14:58 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
437 0 0

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga butun dunyodan biznesmenlar kela boshladi.

TOSHKENT, 05 iyun – Sputnik. Leningrad viloyatida joylashgan “Pulkovo” aeroporti  shu kecha kunduzda 263 ta biznes samolyotlarni kutib olishga buyurtma oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ushbu samolyotlar Sankt-Peterburgda 6-8 iyun kunlari boʻlib oʻtadigan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF) ishtirokchilari – dunyoning yetakchi biznesmenlarini olib keladi.

Predsedatel KNR Si Tszinpin v aeroportu Gamburga
REUTERS / Axel Schmidt

Tadbir davomida Pulkovo aeroporti kechayu-kunduz kuchaytirilgan tartibda ishlaydi. Shuningdek aeroport hududida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari kiritilgan.

Ayni damda Rossiyada davlat safarini amalga oshirayotgan Xitoy yetakchisi Si Tszinpin ham ushbu forumda ishtirok etadi.

Soʻnggi damda olingan xabarlarga koʻra, Rossiya va Saudiya Arabistoni hukumatlararo komissiyasi PMEF doirasida energetika sohasida bir necha loyihalar boʻyicha yoʻl xaritasini yangilashga kelishib olishgan.

Eslatib oʻtamiz, Sankt-Peterburgdagi PMEF forumi 1997 yildan buyon har yili oʻtkaziladi. 2006 yildan boshlab forumga Rossiya prezidentining shaxsan oʻzi boshchilik qiladi. Oʻtgan yili forumga 143 mamlakatdan 17 ming nafar mehmonlar tashrif buyurgan edi.

Asosiy mavzular