18:45 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Lockheed P-3C CUP Orion

AQShning uchta samolyoti Rossiya chegarasida razvedka olib bordi

CC BY-SA 3.0
Dunyoda
Havola olish
485 0 0

Samolyotlar Krit orolidagi Suda-Bey aviabazasi va Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll aerodromdan parvozni boshladi.

TOSHKENT, 6 iyun – Sputnik. Rossiya chegarasi yaqinida parvoz amalga oshirgan AQShning uchta razvedka-samolyotlari aniqlandi, deb xabar qildi PlaneRadar.

Moskva vaqti bilan soat 10:55 da Qora dengiz ustida Lockheed YER-3YE Orion samolyoti paydo boʻldi. U Qrim atrofini aylanib, Krasnodar viloyati boʻylab razvedka olib borishni davom etdi.

Soat 11:20 da Kaliningrad viloyati yaqinida Boeing RC-135V Rivet Joint samolyotini koʻrishdi.

Soat 11:45 da Qora dengizda Rossiya qirgʻogʻi boʻylab AQShning Boeing RC-135V Rivet Joint radio-elektron razvedka samolyoti oʻz parvozini amalga oshirdi.

Birinchi va uchinchi samolyot Krit orolidagi Suda-Bey aviabazasidan osmonga koʻtarildi, ikkinchisi – Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll aerodromdan parvozni boshladi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy, shu jumladan AQShning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo boʻlmoqda.

Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida koʻrishmoqda.

Pentagon Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiruviga qaramasdan razvedka operatsiyalarini oʻtkazishni toʻxtatmayapti.

Asosiy mavzular