Qirg‘iziston TIVi Turkiya elchisiga norozilik notasi topshirdi

© Sputnik / Nuris AlimbayevBesporadka v sele Orok
Besporadka v sele Orok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston TIVi tartibsizliklar yuz bergan Orok qishlog‘ida bo‘lgan Turkiya elchisiga norozilik notasi berdi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston respbulikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi Turkiya elchisi Jengiz Kamil Firatga norozilik notasi topshirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

“Vazirlik Turkiya elchisini Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashmaslikka, o‘zini tiyish va milliy qonunchilikni hurmat qilishga chaqirdi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, Oroq qishlog‘ida aholi guruhlari orasida katta janjal sodir bo‘lgan vaqtda Turkiya elchisi o‘sha yerda bo‘lgan.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda tartibsizliklarda ishtirok etgan 27 yoshli deputat qo‘lga olindi

Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni ertalab soat 08:30 Hayit namozidan keyin Qirg‘izistonning Chuy viloyati Orok qishlog‘ida yashovchi turk va qirg‘iz millatiga mansub o‘smirlar orasida janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng aholi qishloqdagi bir necha uylarning derezasini sindirib, somonxonalarga o‘y qo‘ygan. Janjal oqibatida ikki o‘smir jonlantirish bo‘limiga tushgan.

Qirg‘iziston militsiyasi ushbu janjan yuzasidan 32 kishini so‘roq qilib, mojaroda ishtirok etgan bishkeklik deputat Kilich Borkoyevni hibsga olgan. 

Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, ayni damda ikkala tomon ham o‘zaro kelishib olishgan va bir-birlariga da’volari yo‘qligini xabar qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0