22:42 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Pojar v gorode Paradayz, shtat Kaliforniya, SSHA

Iqlim oʻzgarishi oqibatida 2050 yilga kelib insoniyat nobud boʻlishi mumkin

REUTERS/Stephen Lam
Dunyoda
Havola olish
171210

Olimlar yerning ayrim joylarda oʻlim jazirama issiqligi yiliga 100 kun boʻlishini taxmin qilishmoqda.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Iqlim oʻzgarishi 2050 yilga kelib insoniyat tsivilizatsiyasini yoʻqotishi mumkin. Bu iqlimni tiklash Milliy marakazi bayonotida aytilgan.

Agar keyingi 30 yil davomida iqlim falokatini sekinlashtirish boʻyicha choralar koʻrilmasa, Tselsiy boʻyicha yer 3 gradusga qizib ketadi. Bu holat tsivilizatsiyani butunlay yoʻq qilishi mumkin.

Olimlarning fikriga koʻra, odamlar oʻziga xos “Yer issiqxonasi” sharoitida yashaydi. Unda 35 foiz quruqlik maydon, dunyo aholisining 55 foizi yiliga 20 kun davomida "oʻlimga olib keladigan jarima" sharoitida hayot kechiradi.

Butun ekotizim, Amazonkaning tropik oʻrmonlari va Arktika muzliklari buzilishidan boshlanadi.

Shimoliy Amerika vayroq qiluvchi yongʻinlar, jazirama va qurgʻoqchiliklardan azob chekadi.

Osiyo daryolari sezilarli darajada kamayadi. Butun dunyoda suv tanqisligi yuz beradi, bu 2 milliardga yaqin odamga taʼsir koʻrsatadi. Hatto Meksika va Markaziy Amerikada yogʻingarchiliklar ikki baravar kam boʻladi. Subtropiklarda qishloq xoʻjaligi butunlay yoʻqoladi.

Yerning ayrim joylarda oʻlim jazirama issiqligi yiliga 100 kun boʻladi. Buning oqibatida milliardga yaqin aholi kuygan yerlarni tark etishga majbur boʻladi.

Ushbu xavfni kamaytirish va tsivilizatsiyani himoya qilish uchun kelgusi oʻn yillar mobaynida atrof muhitni ifloslantirmaydigan ishlab chiqarish tizimini yaratish uchun ommaviy global resurslarni safarbar qilish va xavfsiz muhitni tiklashga tayyorgarlik koʻrish zarur, deyilgan bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Dunyoning yirik megapolislari - London, Nyu-York, Shanxay iqlim oʻzgarishi oqibatida 2100 yilda suv ostida qolishi mumkinligi haqida AQSH va Britaniya olimlarining tadqiqot natijalari haqida xabar bergandik.

 

Asosiy mavzular