09:46 24 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
170 0 0

Kuchli portlash mahalliy vaqt bilan soat 09:00lar atrofida koʻp qavatli uy oldida sodir boʻlgan.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Shvetsiyaning Linchyoping shahri markazida kuchli portlash sodir boʻldi.

RIA Novostining mahalliy politsiya vakiliga tayanib xabar berishicha, portlash oqibatida 25 kishi jabrlangan.

“Yigirma besh kishi jabrlandi, lekin jiddiy emas”,  - deya maʼlum qilishgan.

Portlash mahalliy vaqt bilan soat 09:00lar atrofida koʻp qavatli uylar oldida sodir boʻlgan. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan suratlarda bir necha binoning oinalar  sinib ketgani, uy ayvonlari shikastlanganini koʻrish mumkin.

Politsiya binolarga yaqin koʻchalarni qurshab olgan.

Hozirda portlash sabablari aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular