22:26 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Rossiyskiye Tu-22M3

Rossiyaning yangi bombardimonchi samolyoti AQSH uchun “yoqimsiz syurpriz” boʻladi – ekspert

© Ruptly .
Dunyoda
Havola olish
154710

Tu-22M3M bombardimonchi samolyot Amerika harbiy dengiz kuchlari uchun “yoqimsiz syurpriz” boʻladi - Yuriy Knutov.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Harbiy ekspert Yuriy Knutov taʼkidlashicha, modernizatsiya qilingan Tu-22M3M bombardimonchi samolyoti Amerika harbiy dengiz kuchlari uchun “yoqimsiz syurpriz” boʻladi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, Mudofaa vazirligining aerodrom va harbiy bazalarni takomillashtirish dasturiga muvofiq yaqin yillarda Tu-22M3M samolyotini qoʻllash joʻgʻrofiyasi kengayadi.

Oʻtgan yili Qrimdagi Belbek aerodromida yangi oʻchish-qoʻnish chizigʻini qurish ishlari yakunlandi.

Knutovning fikriga koʻra, Tu-22M3M samolyotini Qrimda boʻlishi juda muhim.

“Amerika esmintslari muntazam ravishda Qora dengizga kiradi. Agar vaziyat keskinlashsa, yarim orolda bombardimonchi samolyotlarining  mavjud boʻlishi AQSH harbiy dengiz kuchlari uchun yoqimsiz syurpriz boʻladi”, - deb taʼkidladi harbiy mutaxassis.

Oʻtgan yili modernizatsiya qilingan bombardimonchi raketa tashuvchi Tu-22M3M Qozonda namoyish qilindi. Keyinchalik yerda oʻrganish va parvoz sinovlari uchun topshirildi.

Umumiy avia qurilish korporatsiyasi prezidentining soʻzlariga koʻra, 2021 yilda Rossiya harbiy kosmik kuchlari bu samolyotni foydalanish uchun oladi.

Asosiy mavzular