18:36 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Putinning Zelenskiy haqidagi soʻzlari hammani kuldirdi

© Sputnik / Aleksey Danichev
Dunyoda
Havola olish
2734 0 0

Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan hamkorlik qilish ehtimoli toʻgʻrisidagi savolga javob berdi.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yangi rahbari Vladimir Zelenskiy bilan bir kun kelib uchrashishga va tanishishga umid bildirdi va uning yaxshi aktyor ekani, lekin kimnidir oʻynash va kimdir boʻlish  - butunlay boshqa narsa ekanligini qayd etdi.

© Sputnik / Aleksey Drujinin

“Menga qarang, men bu odamni bilmayman, umid qilamanki, bir kun kelib tanishamiz. Koʻrinishidan, u prezident boʻlgunga qadar faoliyat yuritgan sohada yaxshi mutaxassis – u yaxshi aktyor”, - dedi Putin Zelenskiy bilan hamkorlik qilish ehtimoli toʻgʻrisidagi savolga javoban.

Zaldagilar uning bu soʻzlarini qarsaq chalib, kulgi ila qarshi olishdi, deya yozadi RIA Novosti.

“Men jiddiy gapiryapman, siz esa kulyapsiz”, - dedi kulimsirab Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari oʻyin oʻynash uchun isteʼdod lozimligini taʼkidladi.

“Bu aniq. Isteʼdodlar bisyor, va bu isteʼdodlardan biri – bu gavdalantirish isteʼdodi. Sen har oʻn daqiqada yangi chehralarni - “shoh” va “gadoni gavdalantirishing mumkin . Har yerda ishontirarli darajada oʻynash – bu haqiqatdan ham isteʼdod. Lekin davlat ishlari bilan shugʻullanish uchun boshqa sifatlar zarurdir”, - deya taʼkidladi Putin.

Ukraina prezidenti saylovlarida gʻolib chiqqan Vladimir Zelenskiy 20 may kuni Ukrainani boshqarishni boshladi.

Asosiy mavzular