Putin tan soqchilari Xitoy yetakchisini qutqarib qolishdi – video

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSi Szinpin
Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda ko‘ngilsiz hodisa ro‘y berishiga bir bahya qoldi. Putin tan soqchilari bo‘lmaganda...

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Xitoylik delegatlar Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi sessiyasidan keyin Xitoy raisi Si Szinpinni yiqitib yuborishlariga bir bahya qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, tadbir yakunlangandan keyin jurnalistlar va turli davlatlar delegatlari forum ishtirokchilariga savol berish va suratga tushish uchun sahna oldiga yugurib borishgan.

Xitoylik mehmonlar bu borada faolliklarini namoyish qilishgan. Ular o‘z yetakchilarini olqishlab, uning diqqatini o‘zlariga qaratishga urinishgan. Si Szinpin pastdagi delegatlardan biri tomon egilib, u bilan ko‘l siqib ko‘rishmoqchi bo‘lgan vaqtda sahnadan yiqilib ketishiga bir bahya qolgan.

​Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tan soqchilari Xitoy raisini ushlab qolib, uning yiqilib tushishiga yo‘l qo‘yishmagan.

Putinning Zelenskiy haqidagi so‘zlari hammani kuldirdi

Voqeadan keyin Xitoy yetakchisi zalni tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Peterburg xalqaro iqtisodiy forum 6-iyundan 8-iyunga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0