00:43 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51

Qozogʻistonda prezident saylovi boshlandi

Yevgeniy Biyatov
Dunyoda
Havola olish
211 0 0

Qozogʻistonda Nazarboyev ishtirokisiz boʻlib oʻtayotgan birinchi prezident saylovchi boshlandi.

TOSHKENT, 9 iyun ─ Sputnik. Bugun erta tongdan Qozogʻiston shaharlarida navbatdan tashqari prezident saylovlari boshlandi, RIA Novosti xabariga asosan.

Saylovlarda ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga qadar davom etadi. Gʻarbiy-Qozogʻiston, Atirau, Oqtoʻbe va Mangistau viloyatlarida saylov uchastkalari bir soat kech ochilib bir soat kech yopiladi.

Maʼlumot uchun, bu mustaqil Qozogʻiston tarixida oltinchi prezident saylovi boʻlib, u ilk bor Nursultan Nazarbayevning ishtirokisiz oʻtkazilmoqda. Respublikani 30 yil davomida boshqarib kelgan Nazarbayev 2019 yilning 20 mart kuni oʻz isteʼfosini eʼlon qilgan edi. Shundan soʻzng vaqtinchalik davlat rahbari etib Qosim-Jomart Tokayev tayinlangan edi.

Qozogʻiston prezidenti lavozimiga 7 nafar nomzod ishtirok etmoqda, jumladan Nur Otan  partiyasi vakili, Tokayev ham. Qozogʻiston qonunchiligiga koʻra,  saylovda qancha fuqaro ishtirok etmasin, saylov boʻlib oʻtgan hisoblanadi, lekin prezdent boʻlib saylanish uchun nomzodlardan biri 50%dan ortiq ovoz jamlash kerak. Hech bir nomzod 50%dan ortiq ovoz jamlay olmasa -  saylovning ikkinchi turi belgilanadi.

Asosiy mavzular