04:36 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Qozogʻistonda 65 % saylovchilar ovoz berishdi

© TSIK Kazaxstana
Dunyoda
Havola olish
47410

Qozogʻiston prezidenti saylovida jami 12 million saylovchi ishtirok etmoqda. Ular 7 nafar nomzod uchun oʻz ovozlarini berishlari kerak.

TOSHKENT, 9 iyun – Sputnik. Mahaliy vaqt bilan soat 16:00da Qozogʻiston prezidenti saylovida 65,9 % saylovchilar ovoz berishga ulgurishdi, deb xabar qilmoqda Qozogʻiston Markaziy saylov qoʻmitasi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu saylovda jami 12 millionga yaqin saylovchilar ishtirok etmoqda. Ovoz berishlari uchun Qozogʻiston ichida 9967 ta saylov uchastkalari, xorijda - 65 ta saylov uchastkalari bugun kech soat 20:00ga qadar ishlaydi. 

Oʻzbekistonning Toshkent, Rossiyaning ham Moskva, Sankt-Peterburg, Astraxan va Omsk shahararidagi Qozogʻiston diplomatik vakolatxonalarida Qozogʻiston fuqarolari uchun ovoz berish imkoni yaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston prezidenti lavozimiga 7 nafar nomzod ishtirok etmoqda, jumladan Nur Otan  partiyasi vakili, Tokayev ham.

Sem kandidatov v prezidentы Kazaxstana
© Sputnik /
Sem kandidatov v prezidentы Kazaxstana

Qozogʻiston qonunchiligiga koʻra,  saylovda qancha fuqaro ishtirok etmasin, saylov boʻlib oʻtgan hisoblanadi, lekin prezdent boʻlib saylanish uchun nomzodlardan biri 50%dan ortiq ovoz jamlash kerak. Hech bir nomzod 50%dan ortiq ovoz jamlay olmasa -  saylovning ikkinchi turi belgilanadi.

Asosiy mavzular