23:44 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Planeta Zemlya. Vid iz kosmosa

Insoniyat nimadan nobud boʻlishi mumkin – olimlar asosiy 4 ta tahdidni maʼlum qilishdi

NASA via AP
Dunyoda
Havola olish
116710

Tahlilchilar Yer va asteriod bilan toʻqnashuvi yuz berish ehtimoli kam, biroq NASA kelgusi 100 yilda Yer yoniga yaqinlashi mumkin boʻlgan jismlarni kuzatib bormoqda.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Britaniyalik ekspertlar insoniyat uchun asosiy tahdidlar roʻyxatini tuzishdi.

How Will The World End portalida eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Blueclaw agentligining tahlilchilari asosiy toʻrtta xavfni aniqlashdi: epidemiya, yadroviy urush, tabiiy ofatlar va Yerga asteriod qulashi.

Olimlar taʼkidlashicha, insoniyat uchun eng xavfli bu sil kasalligi. Bu hastalikning hozirgi tarqalish darajasida 4812 yil ichida dunyo aholisini yoʻq qilishi mumkin.

Mutaxassislar soʻnggi vaqtda yadroviy urush ehtimoli xavf-xatarlardan biri ekanligini maʼlum qilishdi. 2021 yilda Rossiya va AQSH oʻrtasida imzolangan strategik hujum qurollarini cheklash haqida bitim muddati yakunlanmoqda, bu bitim qayta uzaytiriladimi-yoʻqmi, hozircha nomaʼlum. Tahlilchilar hisob-kitobiga koʻra, insoniyatni butunlay yoʻq qilish uchun Qoʻshma Shtatlarga 5 351 ta portlash, Rossiyaga 4 206 ta portlashni amalga oshirish kerak boʻladi.  

Tahlilchilar Yer va asteriod bilan toʻqnashuvi yuz berish ehtimoli kam, biroq NASA kelgusi 100 yilda Yer yoniga yaqinlashi mumkin boʻlgan jismlarni kuzatib bormoqda. Xavfli asteroidlardan biri – Florence – uning diametri 3,9 kilometrgacha yetadi. Uning zarbasi 1,2 milliard kishini yoʻq qilishi mumkin.   

Asosiy iqlim tahdid - global issiqlik. Hozirgi vaqtda uning darajasi saqlanib tursa (0,2 gradus 10 yilda) 2 136 yildan keyin global harorat 44 gradusga koʻtariladi. Bu darajaga yetgan taqdirda dunyo okeani butun quruqlikni bosishi mumkin.

Asosiy mavzular