15:12 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Camolyot A-50 dalnego radiolokatsionnogo obnarujeniya i upravleniya

NATO mashq boshladi: Rossiya “uchar radarlari” Qora dengizni nazorat qiladi

© Wikipedia
Dunyoda
Havola olish
88510

NATO Sharqiy Yevropa mamlakatlarida keng qamrovli oʻquv mashgʻulotlarini boshladi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Rossiya A-50 samolyotlarini Kubanga olib bordi. Bu haqda Janubiy harbiy okrugi matbuot xizmati rahbari Vadim Astafyev maʼlum qildi.

“Rossiya A-50 samolyotlari Krasnodar qitʼasida joylashgan tezkor aerodromlardan biriga parvozni amalga oshirdi”, - dedi Astafyev.

Samolyotlar NATO keng qamrovli mashgʻulotlar davomida Qora dengiz havo holatini nazorat qiladi. NATO mashgʻulotlari Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilmoqda.

Qora dengizning neytral suvlari havo hududida A-50 samolyotlarini Su-24SM3 qiruvchi samolyotlari kuzatib boradi.

NATO har yilgi dengiz oʻquv mashqlari – Baltops boshlandi. Unda 18 davlatning 8,5 ming harbiylari, 50 ta kema, 40 ta samolyot ishtirok etmoqda.

Oʻquv mashgʻulotlarga Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Turkiya, Frantsiya, Estoniya, Finlyandiya Shvetsiya harbiylari jalb qilindi.   

Asosiy mavzular