Model kinofestivalda “yalang‘och” libosda paydo bo‘ldi - u keskin tanqidga uchradi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovUchastnitsa konkursa krasoti
Uchastnitsa konkursa krasoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur vyetnamlik model Ngok Trin Kann kinofestivalida juda ochiq libosda paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Vyetnamlik model Ngok Trin Kann kinofestivalida juda ochiq libosda paydo bo‘ldi.

Vietnam Express yozishicha, model o‘z vatanida keskin tanqidga uchradi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Ngọc Trinh (@ngoctrinh89)

 

Trin 19-may kuni Terrens Malikning “Yashirin hayot” film taqdimotiga tashrif buyurgandi.

29 yoshli model tadbirga juda ham ochiq libosda paydo bo‘ldi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Ngọc Trinh (@ngoctrinh89)

Vyetnamlik modelning tashqi ko‘rinishi o‘z vatanida jamoatchilik keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, ayol Xitoy va Janubiy Koreya OAVlar tanqidiga uchradi.

Keyinchalik Vyetnam hukumati ushbu holat yuzasidan tekshiruvni boshladi.

“Uning Kann festivalida bunday libosda paydo bo‘lishi bizning meyorlarga javob bermaydi – bu haqorat. Bunday tashqari, mamlakatimiz uchun yomon imidjni hosil qiladi” – dedi hukumat yig‘ilishida Vyetnam madaniyat, sport va turizm vaziri Nguyen Ngok Tiyen.

Agar model aybdor deb topilsa, u majburiy jamoat ishlari yoki jarimaga tortilishi mumkin.

2005 yilda Ngok Trin eng chiroyli model deb topilgan.

U Instagram da 2,3 million kuzatuvchiga ega.

Yangiliklar lentasi
0