12:20 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Stroyaщayasya atomnaya elektrostantsiya. Illyustrativnoye foto

Qozogʻistonda hozircha AES qurish rejalashtirilmayapti – Tokayev

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
173 0 0

Tokayev oʻz nutqida atom elektrostantsiyasini qurish boʻyicha referendum oʻtkazish mumkinligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Qozogʻistonda atom elektrostantsiyasini qurish hozircha rejalashtirilmayapti, bu haqda yangi saylangan prezident Qosim-Jomart Tokayev Akorda oʻtkazilgan matbuot anjumanda maʼlum qildi.

“Hozircha atom elektrostantsiyani qurish rejalashtirilmayapti. Agar kerak boʻlsa, biz albatta bu masalani xalq bilan muhokama qilamiz. Kerak boʻlsa referendum oʻtkazamiz”, - dedi Tokayev.

Aprel boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Qozogʻiston muzokaralar yakuni boʻyicha Rossiya Qozogʻistonga atom elektrostantsiyani qurish taklif qilganini maʼlum qilgandi.

Oʻsha vaqtda Qozogʻiston energetika vazir oʻrinbosari Magzum Mirzagaliyev AES qurish uchun Olma-ota viloyati Ulken qishlogʻida tahminiy maydon belgilanganligini jurnalistlarga aytgandi.

Aprel oyi oxirida Tokayev Qozogʻistonda AES qurish haqida qaror aholining koʻpchilik fikrini olmasdan  amalga oshirilmasligini taʼkidlab oʻtgandi.

Qozogʻiston oʻzida atom energetikasidan foydalanish tajribasiga ega. 1973 yilda Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻida Shevchenko (hozirgi Aktau) shahrida dunyoda birinchi energoblok ishga tushirilgandi. Bu energoblok 1998 yilgacha – loyiha muddatidan 5 yil koʻp ishladi.   

Asosiy mavzular