TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Nyu-Yorkda vertolyot 54 qavatli bino tomiga kelib urildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Nyu-York yongʻin boshqarmasi xodimlari Manxettendagi 7-avenyuda, 787 manzilida. Vertolyotning qattiq qoʻnishi”, - deyiladi idoraning Twitter᾽dagi xabarida.
CBS telekanalining maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida bir kishi halok boʻlgan.
Video of smoke rising from the roof of a building in Manhattan after a helicopter made a hard landing on the roof and caught fire#Manhattan #NewYork pic.twitter.com/5QFgLUKu44
— CNW (@ConflictsW) 10 iyunya 2019 g.
Binodan yuzlab odamlar evakuatsiya qilingan. Oʻt oʻchiruvchilar yuzaga kelgan yongʻinni tezda oʻchirishga muvaffaq boʻlishgan.