Rossiyaning Su-27 qiruvchisi AQSh va Shvetsiya razvedka samolyotlarini to‘xtatdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishIstrebitel Su-27
Istrebitel Su-27 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boltiq dengizi havo hududida Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti AQSh va Shvetsiya samolyotlarini to‘xtatdi.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti AQSh va Shvetsiya samolyotlarini Rossiya chegarasida to‘xtatish uchun osmonga ko‘tarildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiya departamenti ma’lum qildi.

Camolot A-50 dalnego radiolokatsionnogo obnarujeniya i upravleniya - Sputnik O‘zbekiston
NATO mashq boshladi: Rossiya “uchar radarlari” Qora dengizni nazorat qiladi

Bu holat dushanba kuni Boltiq dengizi havo hududida sodir bo‘ldi.

“Rossiya qiruvchi ekipaji havo kemalarga xavfsiz masofada yaqinlashdi va ularni AQShning RC-135 va Shvetsiyaning “Golfstrim” razvedka samolyotlari ekanligini aniqladi”, - deyilgan xabarda.

Samolyot ularni kuzatib, xavfsizlik barcha choralariga rioya qilgan holda Rossiya havo chegarasini buzilishiga yo‘l qo‘ymadi. 

Ta’kidlanishicha, Rossiya samolyotlarining parvozi havo bo‘shlig‘idan foydalanish bo‘yicha barcha xalqaro qoidalari asosida amalga oshirildi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlatlarning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari  Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda. Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, Boltiq dengizi, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.

2018 yilda Havo kosmik kuchlarining radiotexnik qo‘shinlari 980 ming samolyot va uchuvchisiz qurilmani aniqladi. Ulardan 3000 ming dona xorijiy jangovar samolyotlar, 1000 donaga yaqini razvedka samolyotlari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0